HWASHIN KOREA
UNIVERSITY

HWASHIN KOREA UNIVERSITETI ga xush kelibsiz!

Bilimlar dunyosi va Koreya madaniyati sari sayohatingizning boshlanish nuqtasi
O'zbekiston Respublikasida joylashgan "Hwashin Korea University" ilg'or koreys universiteti.
Xalqaro standartlarga mos keladigan zamonaviy o'quv dasturi.
Maqsadimiz
Biz xalqaro andozalarga mos zamonaviy o'quv dasturlarini taklif qilamiz va talabalarimizni jahon mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantiramiz.
HKU jamoasining eng oliy maqsadi - bu mamlakatimiz va jahon taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan sifatli ta’lim berishdir. Biz Yangi O’zbekistonda yetuk, barkamol, zamonaviy hamda sog’lom fikrlay oladigan, vaqt qadrini bilib, uni to’g’ri taqsimlay oladigan yoshlarning yetishib chiqishida o’z hissamizni qo’shishni oldimizga maqsad qilganmiz.
HKU da ta’lim shakllari
KUNDUZGI TA’LIM
1. Janubiy Koreyalik professor va fan doktorlaridan (har bir kafedrada nafardan ortiq) ta’lim olish.
2. Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikdagi 2+2 va 3+1 qo’shma ta’lim dasturlari
3. Koreys kompaniyalari va tashkilotlariga ishga joylashish dasturlari.
Kunduzgi ta’lim shaklida taqdim etiladigan yo’nalishlar:

Koreyashunoslik kafedrasi, Ingliz filologiyasi kafedrasi, Turizm va mehmonхona menejmenti kafedrasi, Smart Farm (Aqlli qishloq xo'jaligi) kafedrasi, Kompyuter fanlari va axborot tizimlari kafedrasi, Biznes boshqaruvi kafedrasi, Xalqaro savdo kafedrasi, Buхgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
SIRTQI TA’LIM
1. O'zbekistonda ilk bor! Talabalarga to'g'ridan-to'g'ri Janubiy Koreyalik professorlar tomonidan tayyorlangan video-ma'ruzalar (o'zbek va rus tillaridagi subtitr bilan).
2. O'zbekistonning xohlagan viloyatidan turib onlayn darslarda ishtirok etgan holda bakalavr darajasini olish imkoniyati
3. Qulay narxlardagi o'quv shartnoma to'lovi (kafedralar bo’yicha o'rtacha 12,900,000 so’m).
Sirtqi ta’lim shaklida taqdim etiladigan yo’nalishlar:

Turizm va mehmonхona menejmenti kafedrasi, Smart Farm (Aqlli qishloq xo'jaligi) kafedrasi, Biznes boshqaruvi kafedrasi, Xalqaro savdo kafedrasi, Buхgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Nega aynan HKU?
Universitetni tanlash sizning muvaffaqiyatli kelajagingiz uchun muhim qadamdir.
Bizning universitetimiz sizning bilimingiz va shaxsiy karyerangizning o'sishi uchun bir qator noyob imkoniyatlarni taqdim etadi.
Koreyada tajriba
4 yil o'qish davomida siz qimmatli tajriba orttirish hamda Koreya madaniyati va jamiyati bilan tanishish uchun noyob imkoniyatga ega bo'lasiz.

Buning uchun siz yozgi intensiv dasturlar yoki talaba almashinuvi dasturlarini tanlashingiz mumkin.
Qo'shma ta'lim dasturi
Talabalarimizda 2+2 va 3+1 qo’shma ta’lim dasturlarida qatnashib 4 yilda 2 ta diplomga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

Mazkur dastur Hanyang universiteti, Gachon universiteti va Hankyong milliy universiteti kabi Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda tayyorlangan.
Foydali tajriba
Qo'shma ta'lim dasturi
Koreys tili darslari
Koreys tilini universitetimizdagi yuqori malakali professor-o'qituvchilar va bepul video darsliklarimizdan o'rganish imkoniyati taqdim etiladi.

Koreya Respublikasining Taʼlim markazi bilan hamkorlikda tez kunlarda barcha darajadagi koreys tilini oʻrganuvchilari uchun bepul onlayn darslarni taqdim etish rejalashtirilgan.
Koreyalik professor-o'qituvchilar
O‘z sohasida mukammal tajriba va yetuk ilmiy salohiyatga ega yetakchi Koreyalik professorlardan ta’lim olish imkoniyati.

Bizning professor-o'qituvchilarimiz sizning ilmiy maqsad va orzularingizga erishishingizga yordam berish uchun yuqori sifatli ta’lim va o’z maslahat-tavsiyalarini berib borishadi.
Til o'rganish
Yuqori malakali professor-o'qituvchilar
Ta'lim dasturlari
Talabalarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, «Ertalabki dastur», «Tushdan keyingi dastur» va «Sirtqi dastur»lari taklif etiladi.

Sirtqi taʼlim dasturi uchun Oʻzbekistonda ilk yondashuv asosida sifatili video-materiallar taqdim etiladi.
Ishga joylashish imkoniyati
Koreya va O‘zbekistondagi kompaniya hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda kafolatlangan dasturlarimizda qatnashib, kelajakdagi karyera yo’lingizni kengaytiring.

Biz Sizning bilim va qiziqishlaringizga mos eng yaxshi karyera imkoniyatlarini topishda yordam beramiz.
Ta'lim dasturlari
Karyera yo’nalishi
HKU
Universitetning tashqi tomondan ko'rinishi
Biznes boshqaruvi kafedrasi
“BIZNES DUNYONI AYLANTIRADI”

Biznes boshqaruvi - har qanday tashkilotning resurslarini, vaqtini va odamlarini boshqarishni o’z ichiga olgan keng sohadir.

Biznes boshqaruvi mutaxassislari korxonalar va tashkilotlarning samarali va foydali ishlashini ta'minlash uchun ishlaydi.

Biz sizga o'zingizning "start-ap"ingizni oqilona tanlashga o'rgatamiz, chunki O‘zbekistonda sinab ko‘rish uchun hali juda ko‘p, ajoyib biznes imkoniyatlari mavjud.
Kafedra
Xalqaro savdo kafedrasi
"Okean sari"

Xalqaro savdo mamlakat iqtisodiyoti va fuqarolar farovonligini oshiradi.

Quruqlik va dengiz portlarini birlashtirgan O'zbekiston Markaziy Osiyo logistikasining markazi bo'lib xizmat qiladi.

Xalqaro savdo kafedrasi asosiy e'tiborini eng yangi tendentsiyalarni, jumladan, global savdo, global logistika, global to'lovlar va global biznes amaliyotlarini o'rgatishga qaratadi.
Kafedra
Turizm va mehmonхona menejmenti kafedrasi
"Yaxshi turizm dunyosining kaliti"

Biz global jamiyatning tez o'zgaruvchan tendensiyalariga oson moslashish va turizmni 4-sanoatga aylantirishni maqsad qilganmiz.

Biz mehmonxonalar, aviatsiya, sayohat, tematik parklar, restoranlar va MICE sohalarida turli qiziqarli nazariy va amaliy asosiy kurslarni taklif qilamiz.

Bizning kafedrada o'qish va karyerangizni boyitadigan turli xil tajribalarga ega bo'lasiz.
Kafedra
Kompyuter fanlari va axborot tizimlari kafedrasi
“Axborot texnologiyalari - bir-biriga o'ta yuqori darajada bog'langan aqlli jamiyatni boshqarish kalitidir”

Kafedramizda to'rtinchi sanoat inqilobiga yetakchilik qiluvchi iste'dodlarni shakllantirish uchun tajriba va amaliy mashg'ulotlar bilan birga axborot texnologiyalariga asoslangan o'quv dasturi taqdim etiladi.

Biz axborot tizimlari, shuningdek, dasturiy ilovalar, veb-texnologiyalar, sun'iy ong, ma'lumotlarni tahlil qilish va tarmoqlar bo'yicha fundamental kurslarni o'qitish orqali hozirgi bir-biriga o'ta yuqori darajada bog'langan jamiyat uchun zarur bo'lgan iste'dodlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'yganmiz."
Kafedra
Smart Farm (Aqlli qishloq xo’jaligi) kafedrasi
Aqlli texnologiyalar samaradorlikni oshirish, resurlarni qisqartirish va barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun, fermerlarga oziq-ovqat mahsulotlarini yanada samarali boshqarishga yordam beradigan ko'plab texnologiyalarni taqdim etishi mumkin.

Bizning maqsadimiz qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirish va yangi qo'shimcha qiymat yaratish uchun aniq qishloq xo'jaligi va aqlli texnologiyalarni talabalarga o'rgatishdir.
Kafedra
Koreyashunoslik kafedrasi
Koreyashunoslik kafedrasi Koreya ta’lim tizimi asosida kelajak yetakchisi bo'ladigan “K-PPT (Tajribali, Professor, Tarjimonlar)”ni tarbiyalashni maqsad qilgan.

Talabalar global davrga mos Gumanitar fanlar darslari hamda amaliy va tizimli koreys tiliga oid asosiy darslar orqali maxsus bilimga ega boʻlgan iqtidorli kadrlarga aylanishlari mumkin.
Kafedra
Buхgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
“Buxgalteriya hisobi + raqamli texnologiyalar”

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, turli tarmoqlarni rivojlantirish uchun “raqamli texnologiyalar” juda muhim.

Bizning kafedra buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalarni birlashtirib tabalarga ikkala soha bo’yicha o’ziga xos ta’lim beradi. “Buxgalteriya hisobi” -korxona tili, hamda “kodlashtirish” kompyuter tilidir.

Bizning kafedra global tendensiya ergashgan holda IFRS (Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari) da ta’lim beradi.
Kafedra
Ingliz filologiyasi kafedrasi
Ingliz tili xalqaro muloqot, biznes va ta'lim olamining kalitidir.

Bizning bo'lim sun'iy intellekt va korpus lingvistikasi kabi raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ingliz tilshunosligi, muloqot, ta'lim va amaliy ingliz tili ko'nikmalari bo'yicha turli ilg'or dasturlarni taklif etadi.

Bizning maqsadimiz – o‘qituvchilar, tarjimonlar, diplomatlar va xalqaro tashkilotlarni o‘z ichiga olgan texnologiyalar dunyosida innovatsiyalar yarata oladigan va yetakchilik qobiliyatlarini o’zida mujassam qilgan kelajak iste’dodlarini shakillantirishdan iboratdir.
Kafedra
Biz talabalarga bilim beribgina qolmay, balki ijodiy fikrlash, murakkab muammolarni hal qilish va jamoada ishlash qobiliyatini boyitishga yordam beramiz.
Ilmiy yangiliklar va eng so‘nggi tendensiyalardan xabardor tajribali professor-o‘qituvchilar bilan o‘z salohiyatingizni rivojlantiring.
Kafedralar
To'lov-shartnoma miqdori
Bizning ustuvor vazifamiz - sizning shaxsiy ehtiyojlaringizga moslashtirilgan sifatli ta'lim berishdir.
Hwashin Korea Universiteti kunduzgi va sirtqi ta'lim kabi moslashuvchan ta’lim shakllarini taklif etadi. To’lov-kontrakt miqdori quyida ko'rsatilgan.
Koreyashunoslik kafedrasi
Kunduzgi: 25 000 000 so’m
Sirtqi: -
Ingliz filologiyasi kafedrasi
Kunduzgi: 25 000 000 so’m
Sirtqi: -
Turizm va mehmonхona menejmenti kafedrasi
Kunduzgi: 26 000 000 so’m
Sirtqi: 11 900 000 s'om
Smart Farm (Aqlli qishloq xo’jaligi) kafedrasi
Kunduzgi: 26 000 000 so’m
Sirtqi: 13 900 000 s'om
Kompyuter fanlari va axborot tizimlari kafedrasi
Kunduzgi: 27 900 000 so’m
Sirtqi: -
Biznes boshqaruvi kafedrasi
Kunduzgi: 27 900 000 so’m
Sirtqi: 12 900 000 s'om
Xalqaro savdo kafedrasi
Kunduzgi: 27 900 000 so’m
Sirtqi: 12 900 000 s'om
Buхgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Kunduzgi: 27 900 000 so’m
Sirtqi: 12 900 000 s'om
HKU
Hwashin Korea Universiteti kishilik jamiyati va global madaniyat sohasida xizmat qilishda doimiy kasbiy ta'lim olish uchun zarur bo'lgan iqtidorlarni yetishtiradi.

Shuningdek, biz XXI asrda ijtimoiy o'zgarishlarga samarali moslashish uchun zarur bo'lgan sifatlarni ham shakllantiramiz.
O’qishga kirish uchun ariza topshirish
Litsenziya
Yangiliklar
Universitetning rasmiy yangiliklari blogida: Hwashin Korea universiteti haqida muhim yangilik va xabarlarni kuzatib boring.
Biz bilan aloqa
Savollaringiz bormi? Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Shunchaki biz bilan bog'laning va biz sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob beramiz.

Biz sizning murojaatingizni qadrlaymiz va istalgan vaqtda sizga yordam berishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, shahar markazi Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi 24-uy (Yo‘nalish: Delovoy shahar tumani, "Nurafshon Business City")
Qayta aloqa shakli
YT MChJ “HWASHIN KOREA ACADEMY” • STIR 308449977
IFUT 85420 • MFO 00421 • h/r 20214000805384283001
iCORP tomonidan ishlab chiqilgan
© 2023 hku.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.