Buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi

Tashkilot tili + Kompyuter tili
1. Buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev turli tarmoqlarni rivojlantirish uchun “raqamli texnologiyalar” muhim ekanligini takror va takror ta’kidlab o’tmoqdalar. Kafedramizda “buxgalteriya hisobi” va “raqamli texnologiyalar” birlashtirilib, talabalarga “korxona tili” bo’lgan “buxgalteriya hisobi”, hamda “kompyuter tili” bo’lgan “kodlashtirish”ni o‘zida mujassam etgan maxsus bilimlar o‘rgatiladi.
2. O'quv dasturi
Hwashin Korea universitetining buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasida siz moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, kodlash va moliyaviy big-datalarni tahlil qilishni o'rganasiz. Bundan tashqari buxgalteriya hisobi sohasiga tannarx hisobi, boshqaruv hisobi, soliq qonunchiligi va audit ham kiradi.
3. Mutaxassislikka tegishli xalqaro (Koreya) sertifikatlar va kafedra sertifikatlari
Hwashin Korea universitetining buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi talabalari har o‘quv yilida quyidagi xalqaro (Koreya) va kafedra sertifikatlariga ega bo‘lishlari mumkin. Quyidagi sertifikatlardan foydalanish global raqobatbardoshligingizni yanada oshiradi
4. Kafedraning o’ziga xos xususiyatlari
Biz sizning akademik va professional darajangizni boyitadigan turli imkoniyatlar va ustuvorliklarni taklif qilamiz. Bizning kafedraga qo'shilishning ba'zi afzalliklari:
  Buxgalteriya hisobi, soliq, dasturlash va moliyaviy ma'lumotlar tahlili bo'yicha mutaxassislar yetkazib berish
  Buxgalteriya hisobi va soliq sohalari bo'yicha Janubiy Koreyadagi kasbiy litsenziyalarni qo'lga kiritish (Koreys kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi, ERP, moliyaviy big data tahlilchisi va boshqalar) imkoniyati
  Mutaxasislik bo'yicha to'garaklar (Start-up, Business Game, Koreys xattotligi va boshqalar)da ishtirok etish
  Janubiy Koreyadagi mashhur universitetlarining tegishli yo’nalishlariga o'qishni ko'chirish (2+2, 3+1) hamda magistraturada o'qishni davom ettirish
1
5. Asosiy karyera yo’nalishlari
  • Buxgalter(IFRS)
  • Buxgalteriya ma'lumotlari tahlilchilari(IFRS)
  • Moliyaviy ma'lumotlar tahlilchisi
  • Bank hodimi
  • Auditor(IFRS)
  • Soliq hisobchisi
  • Menejer
  • Tadbirkor
  • Bundan tashqari, dunyo bo'ylab "STEM (Science, Technology, Engineering, Math)" fanlariga qiziqish ortib bormoqda. Unga 4-sanoat inqilobini oldinga yo'naltiruvchi konvergent tadqiqot sifatida e’tibor qaratilib, Yevropa Ittifoqi, AQSh hamda Osiyoning ko’plab mamlakatlaridagi universitetlarda maxsus STEM ta’lim dasturlari o'qitilmoqda. STEM ta'lim dasturlari buxgalteriya hisobining turli sohalarida ham keng qo'llanilib kelinmoqda. Ushbu global tendensiya bilan bir qatorda, kafedramizda STEM ta'lim dasturlari asosidagi buxgalteriya hisobi bo'yicha kasbiy ta'lim dasturlari ham tashkil etilgan.

  • 2021-yildan O‘zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (IFRS) joriy etildi. Koreyada esa IFRS 2011 yilda joriy qilingan va ko'plab Koreya universitetlarida allaqachon buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari o'rgatilmoqda. Hwashin Korea universitetining buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasida Koreyada ko'p yillik pedagogik tajribaga ega professorlar sizga IFRS bo'yicha saboq berishadi. Biz sizni tez o'zgaruvchan global davrda xalqaro buxgalteriya mutaxassisiga aylantiramiz.
1-Kurs
  • Biznes boshqaruvi asoslari
  • Iqtisodiyot asoslari
  • Erkin mutaxasislik fanlari asoslari
  • Chet tili (boshlang’ich)

2-Kurs
  • Buxgalteriya hisobi asoslari(IFRS, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari)
  • Coding asoslari
  • Erkin mutaxasislik fanlari asoslari
  • Chet tili (boshlang’ich)

3-Kurs
  • O’rta darajadagi buxgalteriya (IFRS, Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari)
  • Data Science
  • Chet tili (o’rta daraja)

4-Kurs
  • Buxgalteriya hisobi tahlili
  • Big Data tahlili
  • Chet tili (yuqori daraja)
  • Bitiruv imtihonlari
  • Amaliyot
Xalqaro (Koreya) sertifikatlar
• 1C sertifikati
• Kompyuterlashtirilgan buxgalteriya 2-daraja sertifikati
• Kompyuterlashtirilgan buxgalteriya 1-daraja sertifikati
• ERP sertifikati
• Moliyaviy bigdata tahlilchisi sertifikati
• ACCA(Association of Chartered Certified Accountant)
• USCPA(U.S. Certified Public Accountant)
• CMA(Certified Management Accountant)

Kafedra sertifikatlari
• Microsoft Excel sertifikati
• Buxgalteriyada jurnalga kiritish sertifikati
• 1C buxgalteriya sertifikati
• Coding asoslari sertifikati
• Moliyaviy data tahlilchisi sertifikati
4
3
2
  • Janubiy Koreyadagi buxgalteriya hisobi va soliq yo'nalishlari bo'yicha tegishli korxonalarda amaliyot o’tash va ishga joylashish
  • Masofali ta'lim dasturi orqali boshqa universitetlarga nisbatan qulay narxlarda o'qish
  • Bepul koreys tili kurslarida o'qish
  • Turli grant imtiyozlarini qo'lga kiritish
  • Turli milliy bayramlar va sport tadbirlarida qatnashish
  • Mahalliy aholiga qaratilgan turli hasharlar uyushtirish
5
Biz bilan aloqa
Savollaringiz bormi? Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Shunchaki biz bilan bog'laning va biz sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob beramiz.

Biz sizning murojaatingizni qadrlaymiz va istalgan vaqtda sizga yordam berishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, shahar markazi Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi 24-uy (Yo‘nalish: Delovoy shahar tumani, "Nurafshon Business City")
Qayta aloqa shakli
YT MChJ “HWASHIN KOREA ACADEMY” • STIR 308449977
IFUT 85420 • MFO 00421 • h/r 20214000805384283001
iCORP tomonidan ishlab chiqilgan
© 2023 hku.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.