Universitet haqida

HWASHIN KOREA UNIVERSITETI ga xush kelibsiz!

O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o‘rtasida o’zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi ushbu mamlakatlar o'rtasidagi “maxsus strategik sheriklik” munosabatlarini yanada yuqori bosqichga ko‘tardi deb aytish mumkin. (1992-yil 29-yanvar). O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifidan so‘ng (2019-yil 19-aprel) ikki mamlakat o'rtasida sog‘liqni saqlash, energetika, “aqlli shaharlar”, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT), ta’limni qo‘llab-quvvatlash sohalarida uzoq muddatli hamkorlik amalga oshirilmoqda. Mazkur islohotlar va hamkorliklar natijasi o'laroq O'zbekistonda koreys uslubidagi nufuzli Hwashin Korea universiteti ochilganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.
Bizning maqsadimiz xalqaro andozalarga mos zamonaviy o'quv dasturlarini taklif qilish va talabalarimizni jahon mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Shuningdek, biz O’zbekistonning ta’lim sohasidagi islohotlariga mos ravishda “jahon sanoatida zarur bo‘lgan kasb-hunar va texnik ta’lim bilan ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalari va boshqa texnik ta’lim muassasalari”ni tashkil etishni maqsad qilganmiz.

Faoliyatimizning ilk bosqichida talabalarning dastlabki guruhini 2023-yil 4-sentabrdan(tahminiy) boshlab qabul qilishni rejalashtirganmiz. Oliygohimiz kampusida jahon andozalariga mos zamonaviy laboratoriya, kutubxona va yotoqxona kabi sharoitlar mavjud. Universitetning professor-o'qituvchilari va xodimlari tomonidan talabalarni malakali ta’lim va yuqori sifatli sharoit bilan ta'minlash maqsadida ularga sifatli ta’lim hamda har tomonlama qo’llab-quvvatlash xizmati taqdim etiladi.
Nega Hwashin Korea Universiteti?

Boshqa universitetlardan qanday afzalliklari bor?

Koreyada tajriba. 4 yillik ta’limning ma'lum bir qismini Koreyada o’tkazish orqali qimmatli tajriba orttirish hamda Koreya madaniyati va jamiyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati mavjud. Shuningdek, talabalarga yozgi intensiv dasturlar yoki talaba almashinuvi dasturlarini tanlash imkoniyati taqdim etiladi.

Qo’shma ta’lim dasturi. Hanyang universiteti, Gachon universiteti va Hankyong milliy universiteti kabi Janubiy Koreyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikdagi 2+2 va 3+1 qo’shma ta’lim dasturlarida qatnashish orqali 4 yilda 2 ta diplomga ega bo‘lish imkoniyati mavjud.

Koreys tili darslari. Koreys tilini universitetimizdagi eng malakali professor-o'qituvchilar va bepul video darsliklarimizdan o'rganish imkoniyati taqdim etiladi. Toshkent shahridagi Koreya Respublikasining taʼlim markazi (direktor Peng, Ju-Man) bilan hamkorlikda Hwashin Korea Universiteti qoshida 2 ta markaz yaʼni, Nurafshon Koreya markazi va TOPIK Test markazini tashkil etish orqali tez orada barcha darajadagi koreys tilini oʻrganuvchilar uchun bepul onlayn darslarni taqdim etish rejalashtirilgan.

Koreyalik professorlar jamoasi. O‘z sohasida mukammal tajriba va yetuk ilmiy salohiyatga ega yetakchi Koreyalik professorlardan ta’lim olish imkoniyati. Bizning professor-o'qituvchilarimiz sizning ilmiy maqsad va orzularingizga erishishingizga yordam berish uchun yuqori sifatli ta’lim va o’z maslahat-tavsiyalarini berib borishadi.

Turli ta’lim dasturlari. Talabalar o’zlariga qulay bo’lgan vaqtda va o’z ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, ertalabki ta’lim, tushdan keyingi ta’lim va sirtqi ta’lim dasturlaridan birini tanlashlari mumkin. Sirtqi taʼlim dasturlari bo’yicha universitetimiz tomonidan Oʻzbekistonda ilk yondashuv asosida koreyalik professorlar tomonidan yozilgan video-kontentlar taqdim etiladi. Nisbatan arzonroq o'quv shartnoma to'lovlari asosida talabalar sirtqi ta'lim shaklida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’ladi.

Ishga joylashish imkoniyati. Koreya va O‘zbekistondagi kompaniya hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda kafolatlangan dasturlarimizda qatnashib, kelajakdagi karyera yo’lingizni kengaytirish imkoniyati mavjud. Biz talabalarning ko'nikmalari va qiziqishlariga mos keladigan eng yaxshi karyera imkoniyatlarini topishda yordam beramiz.

Magistratura dasturlari. HKU talabalari bakalavriat bosqichini tugatgandan so'ng, ularga Koreyadagi hamkor universitetlardan birida magistratura yoki doktorantura bosqichida o’qishni davom ettirish imkoniyati taqdim etiladi. Biz talabalarga Global Korea Scholarship (GKS) dasturiga ariza topshirishda ko’mak va ta’lim olish uchun moliyaviy yordam olishda qator takliflarni taqdim etamiz.
Bizning oliy maqsadimiz

HKU jamoasining eng oliy maqsadi - bu mamlakatimiz va jahon taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan sifatli ta’lim berishdir. Biz Yangi O’zbekistonda yetuk, barkamol, zamonaviy hamda sog’lom fikrlay oladigan, vaqt qadrini bilib, uni to’g’ri taqsimlay oladigan yoshlarning yetishib chiqishida o’z hissamizni qo’shishni oldimizga maqsad qilganmiz.

Bizning Universitetimizda tahsil olib, uni bitirib chiqqan talabalar nafaqat O’zbekistonda, balki butun dunyoga mashhur Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug’beklar kabi yetuk allomalar bo’lishlariga ishonamiz. Shunday olimlarni dunyoga keltirgan yurtdan yanada ko‘proq buyuk insonlar yetishib chiqishiga ishonamiz. Zero, "MUVAFFAQIYATLI HAYOT KALITI" o’z qo'lingizda!
REKTOR SOʻZI
Jo, Byoung-Ryeol
Hwashin Korea Universitetiga xush kelibsiz!

HKU | Rektor so'zi

Bugungi kunda dunyo turli yoʻnalishlarda faol taraqqiy etmoqda hamda bu jarayon fan va texnologiyalarni takomillashtirish bilan birga yuz bermoqda. Ma’lumki, muvaffaqiyatga erishishda va zamonaviy insonning oʻzini-oʻzi yanada takomillashtirishda aynan sifatli ta’lim birinchi oʻringa chiqadi.

Bir necha yillardan buyon dunyoda toʻrtinchi sanoat inqilobi amalga oshirilmoqda, unda barcha mamlakatlar turli bosqichlarda ishtirok etmoqda.

Oʻz navbatida Koreya Respublikasi bu yoʻnalishda Oʻzbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni jadal rivojlantirish va qayta tashkil etish yoʻlidan oʻtish uchun yetarlicha tajriba toʻplagan. Va bu oʻzgarishlardan biri ta’limning yangi paradigmasi boʻlib, u bizga innovatsion uslublar va nazariyalarni, tadqiqotlar va standartlarni ishlab chiqish va yaratish imkonini beradi.

Shuning uchun universitetimiz konsepsiyasidagi kalit soʻz “Hwashin” (화신) boʻlib, bu “Uygʻunlik & Innovatsiya” ma’nolarini anglatadi. Koreya taʼlim tizimining ilgʻor texnologiyalari va yutuqlarini innovatsion yondashuv va ilmiy xarakter gʻoyasi bilan uygʻunlashtirgan holda universitetimiz taʼlimga yangicha yondashuvni taklif etadi, bu esa, shubhasiz, Oʻzbekiston taraqqiyoti uchun ulkan hissa qoʻshadi.
Hwashin Korea Universiteti talabalari nafaqat yuqori darajadagi ta’lim, balki jamiyatda xalqaro professional boʻlish imkonini beradigan shaxsiy rivojlanishdek noyob tajribaga ega boʻladilar. Oliygohda tashkil etilgan gumanitar fanlar majmuasi esa multi-madaniyatli jahonda zarur boʻlgan shaxslararo muloqot koʻnikmalarini ta’minlashga xizmat qiladi.

MUVAFFAQIYATLI HAYOT KALITI!

Biz “Muvaffaqiyatli hayot kaliti” har bir talabaning oʻz qoʻlida ekanligiga ishonamiz, shuning uchun biz barcha oʻquv dasturlarida bitiruvchilarimizga integratsiyalashgan muhitda kelajakda global iqtisodiyot va siyosatda raqobatbardosh hamda yetakchi boʻlishga yordam beradigan ilgʻor oʻquv vositalari va resurslarini ham taqdim etamiz. Bizning oliy maqsadimiz – talabalar uchun universitet hayoti imkon qadar foydali boʻlishini ta’minlash va Hwashin Korea Universitetida har bir talaba shaxsiy oʻsish va muvaffaqiyatga erishishda yordam berishdan iboratdir.

Hurmat bilan, Jo Byong Ryeol
Hwashin Korea Universiteti rektori
Yangi kelajak!
Hwashin Korea universiteti bilan yangi marralar sari!!
Siz bosh qahramonsiz!!!
Bizning jamoa
Kim, Minjung
Koreyashunoslik kafedrasi mudiri
Lee, Sunghwa
Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri
Lee, Seungheon
Turizm va mehmonхona
menejmenti kafedrasi mudiri
Aqlli qishloq xo'jaligi
kafedrasi mudiri
Kim, Jonghyun
Tadqiqot sohasi:

TOPIK
Koreys tili grammatikasi va so'zlashuvi
Xitoy ierogliflari
Koreyashunoslik kafedrasi mudiri

Sanʼat, Koreys tilini chet tili sifatida o'qitish bo'yicha falsafa doktori, Dongguk universiteti, Koreya Respublikasii
Mehnat faoliyati:

1. (2022.03 - 2023.06)
Katta o'qituvchi, Koreys tili kafedrasi, Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti, O‘zbekiston Respublikasi.
2. (2016.09 - 2019. 08)
O'qituvchi, Xalqaro til markazi, Shinhan universiteti, Koreya Respublikasi.
3. (2012.08 - 2016.07)
O'qituvchi, Jilin Huaqyao xorijiy tillar universiteti, Xitoy Xalq Respublikasi
Kim, Minjung
O'qitadigan fanlari:

TOPIK
Koreys tilida so'zlashuv
Koreys tili grammatika o'qitish nazariyasi
Tadqiqot sohasi:

Morfofonologiya
Korpus tilshunosligi
Tarjima nazariyalari
Ingliz filologiyasi kafedrasi mudiri

Tilshunoslik bo'yicha falsafa doktori, Viktoriya universiteti, Kanada
Mehnat faoliyati:

1. (2021.09 - 2023.06)
Ingliz filologiyasi fakulteti dotsenti, Farg'ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti, O‘zbekiston Respublikasi.
2. (2020.09 - 2021.08)
Biznes aloqalari markazi katta ilmiy xodimi, Koreya davlat dengizchilik va okean universiteti, Koreya Respublikasi.
3. (2017.03 - 2020.08)
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi shartnoma asosidagi o'qituvchisi, Pusan davlat universiteti, Koreya Respublikasi.
Lee, Sunghwa
O'qitadigan fanlari:

Tilshunoslikka kirish
Fonetika
Umumiy ingliz tili
Tadqiqot sohasi:

Ovqatlanish xizmati
Mehmonxona marketingi
Oziq-ovqat va ichimliklar
Turizm va mehmonхona menejmenti kafedrasi mudiri

Turizm va mehmonxona, Mehmonxona marketingi bo'yicha falsafa doktori, Sejong universiteti, Koreya Respublikasi
Mehnat faoliyati:

1. (2021.08 - 2023.08)
Katta o'qituvchi, Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti, O‘zbekiston Respublikasi.
2. (2012.3-2017.2)
Katta o'qituvchi, Kyung Min universiteti, Uijeongbu, Koreya Respublikasi.
3. (2010.3-2012.2)
Katta o'qituvchi, Mayfield mehmonxonasi, Koreya Respublikasi.
4. (2000.1-2001.1)
J.V. Marriott mehmonxonasi, Florida, AQSH.
Lee, Seungheon
O'qitadigan fanlari:

Turizmga faniga kirish
Mehmonxona boshqaruvi
Kofe Barista amaliyoti
Tadqiqot sohasi:

Issiqlik va massa almashinuvining raqamli tahlili
Aqlli qishloq xo'jaligi tizimida energiyani boshqarish
Qishloq xo'jaligida katta hajmli ma'lumotlarni tahlil qilish orqali atrof-muhitni optimallashtirish
Aqlli qishloq xo'jaligi kafedrasi mudiri

Mashinasozlik muhandisligi, Hisoblash suyuqliklari dinamikasi bo'yicha falsafa doktori, Yonsei universiteti, Koreya Respublikasi.
Mehnat faoliyati:

1. (2020. 09 - 2023. 08)
Katta o'qituvchi, Mashinasozlik muhandisligi fakulteti, Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti, O‘zbekiston Respublikasi.
2. (2019. 09 - 2020. 08)
Post doktor va o‘qituvchi, Yonsei universiteti, Koreya Respublikasi.
3. (2010. 09 - 2011. 08)
Ilmiy xodim, Koreya energiya tadqiqotlari instituti, Koreya Respublikasi.
Kim, Jonghyun
O'qitadigan fanlari:

Aqlli qishloq xo'jaligini rejalashtirish va loyihalash
Hisoblash
IoT asoslari
Kim, Sungsoo
Kompyuter fanlari va axborot
tizimlari kafedrasi mudiri
Kasimov Jamshidbek
Biznes boshqaruvi
kafedrasi mudiri
Ashurov Abdulaziz
Xalqaro savdo
kafedrasi mudiri
Buхgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri
Noh, Gilkwan
Tadqiqot sohasi:

Veb-texnologiyalar
Ovozni aniqlash
Axborot xavfsizligini boshqarish tizimi
Kompyuter fanlari va axborot tizimlari kafedrasi mudiri

Axborot texnologiyalari, Ovozni aniqlash bo'yicha falsafa doktori, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Respublikasi.
Ish tajribasi:

1. (2017.08 - 2019-08)
IT bo'yicha maslahatchi, Qirg‘iziston, IT sanoatini rivojlantirish milliy agentligi, Koreya Respublikasi.
2. (2010.08 - 2017.02)
Katta o'qituvchi, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston universitetlari, Koreya Milliy tadqiqot jamgʻarmasi, Koreya Respublikasi.
3. (1995.05 - 2000.03)
Kompyuter bo‘limi bosh muhandisi, Samsung SDS, Koreya Respublikasi.
Kim, Sungsoo
O'qitadigan fanlari:

Kompyuter fanlari va axborot tizimlariga kirish
Kompyuterda dasturlash
Sun'iy intellekt
Tadqiqot sohasi:

Inson resurslarini boshqarish
Tadbirkorlik
Menejment
Biznes boshqaruvi kafedrasi mudiri

Biznes boshqaruvi bo'yicha Magistr, Inson resurslarini boshqarish, Yeungnam universiteti, Koreya Respublikasi
Mehnat faoliyati:

1. (2022.09 – 2023.07)
Katta o'qituvchi, “Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi” kafedrasi, Farg'ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi.
2. (2020.08 - 2023.08)
Tarjimon, “Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi” kafedrasi, Koreya Xalqaro universiteti O‘zbekiston Respublikasi.
3. (2015.10. - 2020.08)
“Yessem” nodavlat ta'lim markazi direktori, Andijon, Oʻzbekiston Respublikasi.
Kasimov Jamshidbek
O'qitadigan fanlari:

Menejment
Tadbirkorlik
Inson resurslarini boshqarish
Tadqiqot sohalari:

Dengiz iqtisodiyoti
Xalqaro savdo
Xalqaro logistika
Xalqaro savdo kafedrasi mudiri

Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori, Koreya dengizchilik va okean universiteti (2018)
Mehnat faoliyati:

1. (2021.09.03 - 2023.06.30)
Katta o'qituvchi, Farg'ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti, O'zbekiston Respublikasi.
2. (2020.09.03 - 2021.08.31)
Katta o'qituvchi, Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi.
3. (2016.04.01 - 2016.06.30)
Ma'lumotlar tahlilchisi, Koreya dengiz tadqiqotlari instituti, Pusan, Koreya Respublikasi.
Ashurov Abdulaziz
O'qitadigan fanlari:

Xalqaro savdo
Xalqaro logistika
Xalqaro pul o'tkazmalari
Tadqiqot sohasi:

Buxgalteriya hisobi (IFRS)
Data Science
Sanoatlarni xalqaro taqqoslash
Buхgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi mudiri

Biznes boshqaruvi bo'yicha falsafa doktori, Boshqaruv hisobi, Pusan milliy universiteti, Koreya Respublikasi.
Mehnat faoliyati:

1. (2023.02. - hozirgacha)
NOHMICA (Markaziy Osiyo Menejment instituti) ilmiy rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi.
2. (2020.09 - 2023.08)
"Menejment va kompyuterlashtirilgan buxgalteriya hisobi" kafedrasi mudiri, Farg'ona sharidagi Koreya Xalqaro universiteti, O‘zbekiston Respublikasi.
3. (2015.10 - 2019.10)
Ilmiy xodim, Pusan milliy universiteti, Menejment bo'limi, Koreya Respublikasi.
Noh, Gilkwan
O'qitadigan fanlari:

Buxgalteriya hisobi (IFRS)
Python
Biznes tahlili
Park, Heegon
Gumanitar fanlar
fakulteti dekani
Na, Sahmil
Umumiy Koreys tili ta’limi
bo’lim mudiri
Murodova Nazira
Umumiy Ingliz tili ta’limi
bo’lim mudiri
Rus tili va adabiyoti
kafedrasi mudiri
Rotanov Aleksey
Tadqiqot sohasi:

Arxitektura qurilishi
Muhandislik tahlili
Qurilish materiallarini baholash
Gumanitar fanlar fakulteti dekani

Arxitektura muhandisligi, Arxitektura tuzilishi, materiallari, Qurilish fanlari falsafa doktori, Dankuk universiteti, Koreya Respublikasi.
Mehnat faoliyati:

1. (2020.09 - 2023.08)
Dotsent, Arxitektura muhandisligi kafedrasi, Farg'ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti, O‘zbekiston Respublikasi.
2. (2006.08 - 2020.08)
Doosan Group R&D, Koreya Respublikasi.
3. (2003.03 - 2006.07)
O'qituvchi, Arxitektura muhandisligi fakulteti, Dankuk universiteti, Koreya Respublikasi.
Park, Heegon
O'qitadigan fanlari:

Rejalashtirish
Ijodiy fikrlash
Ofis dasturlarida ishlash
Tadqiqot sohasi:
Koreyscha tushunish ta'limi
Koreyscha ifoda ta’limi
Koreya ta’lim amaliyoti
Umumiy Koreys tili ta’limi bo’lim mudiri

Ingliz tili va adabiyoti fanlari falsafa doktori, Wonkwang universiteti, Koreya Respublikasi. Koreys tilini chet tili sifatida o'qitish bo'yicha magistr, Sunmoon universiteti, Koreya Respublikasi.
Mehnat faoliyati:

1. (2022.09 - 2023.06)
Dotsent, Koreys tili kafedrasi, Farg'ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti, O'zbekiston Respublikasi.
2. (2018.01 - 2022.08)
Katta o'qituvchi, Xalqaro til va madaniyat markazi, Sangmyung universiteti, Koreya Respublikasi.
3. (2010.03 - 2017.12)
Katta o'qituvchi, Koreya taʼlim markazi, Daejeon universiteti, Koreya Respublikasi.
4. (1995.03 - 2010.02)
Katta o'qituvchi, Koreya taʼlim instituti rahbari, Wonkwang universiteti, Koreya Respublikasi.
Na, Sahmil
O'qitadigan fanlari:
Koreys tilida o'qish
Koreyashunoslikni tushunish ta'limi
Koreys tili ifodalari ta’limi
Tadqiqot sohasi:

Leksikologiya
Semantika
Chog'ishtirma tilshunoslik
Umumiy Ingliz tili ta’limi bo’lim mudiri

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Mehnat faoliyati:

1. (2022.09 - 2023.06)
Katta o'qituvchi, Ingliz tili kafedrasi, Farg‘ona davlat universiteti
2. (2021.09 - 2022.08)
O'qituvchi, Ingliz filologiyasi kafedrasi, Farg‘ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti
3. (2014.09.2017.12)
O'qituvchi, Ingliz tili kafedrasi, Farg‘ona davlat universiteti.
Murodova Nazira
O'qitadigan fanlari:

Integrallashgan til ko'nikmalari
Tilshunoslikka kirish
Semantika
Umumiy ingliz tili
Tadqiqot sohasi:

Zamonaviy adabiyot jarayoni
Grafik hikoya
Bolalar adabiyoti tarixi
Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti adabiyotshunoslik (rus adabiyoti) magistri, O'zbekiston Respublikasi.
Mehnat faoliyati:

1. (2019-2023)
Katta o‘qituvchi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
2. (2018-2020)
Test topshiriqlari yaratuvchisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malaka baholash agentligi.
3. (2016-2021)
O'qituvchi, “Real education” markazi.
Rotanov Aleksey
O'qitadigan fanlari:

Rus tili
Rus tili chet tili sifatida
Rus tili adabiyot orqali
Rustamova Nargiza
Tilshunoslik (Ingliz tili)
bo'yicha magistr
Istayeva Saltanat
Tilshunoslik bo'yicha magistr (tadqiqotchi-pedagog)
Toshmatov Mansurjon
Tilshunoslik (Ingliz tili)
bo'yicha magistr
Tadqiqot sohasi:

Ingliz va koreys tillari o'rtasidagi qiyosiy Lingvokulturalogik tahlil
Ingliz va koreys tillaridagi farqlar va o'xshashliklar
Ingliz tilining koreys tiliga ta'siri
Tilshunoslik (Ingliz tili) bo'yicha magistr Farg'ona davlat universiteti, O'zbekiston Respublikasi.
Mehnat faoliyati:

1. (02.2023-07.2023)
Ingliz tili o'qituvchisi, Farg'ona davlat universiteti, O'zbekiston Respublikasi.
2. (09.2022-07.2023)
Ingliz tili fani o'qituvchisi, Farg'ona shahridagi 4-umumta'lim maktabi, O'zbekiston Respublikasi.
3. (09.2021-08.2022)
Ingliz tili o'qituvchisi, Farg'ona shahridagi "Luch Znaniy" xususiy maktabi, O'zbekiston Respublikasi.
Rustamova Nargiza
O'qitadigan fanlari:

Umumiy Ingliz Tili
Global Etiket
Tadqiqot sohasi:

Ekspressiv sintaksis
Lingvokulturologiya
Zamonaviy adabiyot jarayoni
Tilshunoslik bo'yicha magistr (tadqiqotchi-pedagog),

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekiston Respublikasi.
Mehnat faoliyati:

1. (2019 – 2023) – Rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi, 169-sonli umumta’lim maktab, Toshkent shahar Shayxontohur tumani
Istayeva Saltanat
O'qitadigan fanlari:

Rus tili chet tili sifatida
Rus tili
Tadqiqot sohasi:

Lingvokulturologiya
Qiyosiy tilshunoslik
Tashkiliy xulq-atvor
Tilshunoslik(Ingliz tili) bo'yicha magistr, Oʻzbekiston davlat Jahon Tillari universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi, MBA (Biznes boshqaruvi magistanti), Xodimlarni boshqarish, Cheongju universiteti, Koreya Respublikasi.
Koreys tili o'qituvchilarini tayyorlash kursi, King Sejong Instituti Fondi
Mehnat faoliyati:

1. (2020.09 - 2023.07)
Katta oʻqituvchi, Koreys tili kafedrasi, Farg'ona shahridagi Koreya Xalqaro universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi.
2. (2009.09 - 2010.08)
Oʻqituvchi, Koreys tili kafedrasi, Oʻzbekiston davlat Jahon Tillari universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi.
3. (2015.01 - 2020.07)
Global marketing bo'limi menejeri, HAREL KOREA CO., LTD, Koreya Respublikasi.
Toshmatov Mansurjon
O'qitadigan fanlari:

Koreys tilida o'qish va tinglash
Koreys tili
TOPIK
Biz bilan aloqa
Savollaringiz bormi? Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Shunchaki biz bilan bog'laning va biz sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob beramiz.

Biz sizning murojaatingizni qadrlaymiz va istalgan vaqtda sizga yordam berishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, shahar markazi Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi 24-uy (Yo‘nalish: Delovoy shahar tumani, "Nurafshon Business City")
Qayta aloqa shakli
YT MChJ “HWASHIN KOREA ACADEMY” • STIR 308449977
IFUT 85420 • MFO 00421 • h/r 20214000805384283001
iCORP tomonidan ishlab chiqilgan
© 2023 hku.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.