Ingliz filologiyasi kafedrasi

Ingliz tili dunyoni birlashtiradi: Dunyoning kaliti
1. Ingliz filologiyasi kafedrasi haqida
Ingliz filologiyasi kafedrasiga xush kelibsiz. Ingliz filologiyasi ingliz tilining tovushlari, so'zlari, jumla tizimlari va ma'nolari kabi barcha jihatlarini o'rganadi. Bizning kafedramiz sizga tilni o'zlashtirishga va erkin muloqot qilishga yordam beradi, shuningdek, ingliz tili bilan bog'liq turli kasblarga tayyorlashga yordam beradi. Kafedramiz quyidagi 4 yo‘nalishda ta’lim beradi:
  • Ingliz tilshunosligi: Lingvistik bilimlarga ega bo'lgan holda til tuzilishi hamda funksiyasini tahlil qilishni o'rganish.

  • Ingliz tilida muloqot: Amaliy mashqlar va mashg‘ulotlar orqali tinglash, gapirish, yozish, o‘qish va grammatikaga oid ko‘nikmalarni yaxshilash imkoniyatiga ega bo’lish.

  • Ingliz tili ta'limi: Ingliz tilini chet tili sifatida o'qitish nazariyalari va usullarini o'rganish.

  • Amaliy ingliz tili: Ingliz tilida tarjima, turizm va xalqaro savdo sohalarida foydalanish usullarini o'rganish.

Kafedramiz innovatsiyalar yarata oladigan va texnologik dunyoda yetakchilik qila oladigan kelajak yetakchisi etib tarbiyalash uchun “Corpus English va AI & English Learning and Teaching” kabi ilg‘or kurslarni ham taklif etadi. Tez o'zgaruvchan xalqaro hamjamiyatga moslashish uchun ingliz tili, tilshunoslik va texnik vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz. O'qishni tamomlagach, jamiyatda hal qiluvchi rol o'ynay oladigan mutaxassis bo’lib yetishasiz.
2. Yaxlit kommunikator bo’lish uchun (3D) qarashlarimiz
  • Dynamic Communication (Dinamik muloqot);

  • Diversity (Linguistic and Cultural) (Turli xillik (Lingvistika va madaniyatga oid);

  • Digital Literacy (Raqamli savodxonlik);
3. Ta’lim maqsadi
3D qarashlarimizni amalga oshirish uchun biz 5 ta maqsadni o’z oldimizga qo'ydik:

  • Chet elliklar bilan turli mavzularda erkin muloqot qilish uchun ingliz tili ko'nikmalarini rivojlantirish (Dynamic Communication)

  • Ingliz tili va boshqa tillarning lingvistik sohasini tushunish hamda tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish (Lingvistik xilma-xillik)

  • Madaniyatlararo ta'lim (Madaniy xilma-xillik) ingliz tiliga oid bilimlarni chuqurlashtirish.
  • Til dasturlari va sun'iy intellekt (AI) (Raqamli savodxonlik) dan foydalana olish

  • Shaxs va professional sifatida kommunikator bo'lish.
4. O'quv dasturi
Bizning o'quv dasturimiz talabalarning maqsadlarga erishishi uchun 5 ta yo'nalishni o'z ichiga olgan holda ishlab chiqilgan:

  • Tashabbuskorlik, ijodiy va tanqidiy fikrlash kurslari
Ijodiy fikrlash, Global etiket, Rejalashtirish, Muvaffaqiyatli kompaniya misollari, Kundalik hayotdagi iqtisod.

  • Dinamik muloqot kurslari
Umumiy ingliz tili 1-4, Ingliz tili grammatikasi, Ingliz tilida suhbat, Ingliz tili lug‘ati va qo‘llanilishi, Ingliz tili tarjimoni amaliyoti, IELTS 1-2, Turizm ingliz tili, Biznes ingliz tili, Amaliy ingliz tili tuzilishi.

  • Lingvistika va madaniy xilma-xillik kurslari
Ingliz tilshunosligi, Ingliz tili fonetikasi, Ingliz tili fonologiyasi, Ingliz tili sintaksisi, Madaniyatlararo muloqot, Amerika madaniyati va filmlari, Ingliz tili tarjimasi, Koreys tili 1-6, Rus tili 1-6, Koreya madaniyatiga sayohati.
  • Raqamli savodxonlik kurslari
Corpus lingvistikasi, AI & Ingliz tilini o'rganish va o'qitish, Python dasturlash, Ma'lumotlarni tahlil qilish va vizuallashtirish, Multimedia ingliz tili 1-2, Mashina tarjimasi, MOS bilan ishlash, kundalik hayotda AI, Dasturlash asoslari.

  • Ingliz tili ta’limi kurslari
O'qituvchilarning nutq madaniyati, Kontrastiv adabiyot, Umumiy pedagogika, Umumiy psixologiya, Ingliz tili stilistikasi, Leksikologiya, Amaliyot.
1
2
3
4
5. Asosiy karyera yo’nalishlari
O'qishni tugatgandan so'ng quyidagi turli sohalarda faoliyat olib borishingiz mumkin:

  • Davlat va xususiy maktablarda ingliz tili o'qituvchisi (K-12 o'qitish) va til markazlarida o'qituvchi;

  • Og’zaki va yozma tarjimon;

  • Diplomat va xalqaro tashkilotlar xodimi;

  • Aviakompaniyalar, mehmonxonalar, banklar, sayyohlik agentliklari, mahalliy va xalqaro kompaniyalar;

  • Teleradiokompaniyalar, nashriyotlar, matbuot kompaniyalari, marketing, reklama va ommaviy axborot vositalari, madaniyat va san'at bilan bog'liq muassasalar;

  • Magistratura yoki doktoranturada o’qishni davom ettirish.
5
Biz bilan aloqa
Savollaringiz bormi? Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Shunchaki biz bilan bog'laning va biz sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob beramiz.

Biz sizning murojaatingizni qadrlaymiz va istalgan vaqtda sizga yordam berishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, shahar markazi Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi 24-uy (Yo‘nalish: Delovoy shahar tumani, "Nurafshon Business City")
Qayta aloqa shakli
YT MChJ “HWASHIN KOREA ACADEMY” • STIR 308449977
IFUT 85420 • MFO 00421 • h/r 20214000805384283001
iCORP tomonidan ishlab chiqilgan
© 2023 hku.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.