Biznes boshqaruvi kafedrasi
“BIZNES DUNYONI AYLANTIRADI”
• Biznes boshqaruvi - har qanday tashkilotning resurslarini, vaqtini va odamlarini boshqarishni o’z ichiga olgan keng sohadir.
• Biznes boshqaruvi mutaxassislari korxonalar va tashkilotlarning samarali va foydali ishlashini ta'minlash uchun ishlaydi.
• Biz sizga o'zingizning "start-ap"ingizni oqilona tanlashga o'rgatamiz, chunki O‘zbekistonda sinab ko‘rish uchun hali juda ko‘p, ajoyib biznes imkoniyatlari mavjud.
"Okean sari"
• Xalqaro savdo mamlakat iqtisodiyoti va fuqarolar farovonligini oshiradi.
• Quruqlik va dengiz portlarini birlashtirgan O'zbekiston Markaziy Osiyo logistikasining markazi bo'lib xizmat qiladi.
• Xalqaro savdo kafedrasi asosiy e'tiborini eng yangi tendentsiyalarni, jumladan, global savdo, global logistika, global to'lovlar va global biznes amaliyotlarini o'rgatishga qaratadi.
Turizm va mehmonхona menejmenti kafedrasi
"Yaxshi turizm dunyosining kaliti"
• Biz global jamiyatning tez o'zgaruvchan tendensiyalariga oson moslashish va turizmni 4-sanoatga aylantirishni maqsad qilganmiz.
• Biz mehmonxonalar, aviatsiya, sayohat, tematik parklar, restoranlar va MICE sohalarida turli qiziqarli nazariy va amaliy asosiy kurslarni taklif qilamiz.
• Bizning kafedrada o'qish va karyerangizni boyitadigan turli xil tajribalarga ega bo'lasiz.
Kompyuter fanlari va axborot tizimlari kafedrasi
“Axborot texnologiyalari - bir-biriga o'ta yuqori darajada bog'langan aqlli jamiyatni boshqarish kalitidir”
• Kafedramizda to'rtinchi sanoat inqilobiga yetakchilik qiluvchi iste'dodlarni shakllantirish uchun tajriba va amaliy mashg'ulotlar bilan birga axborot texnologiyalariga asoslangan o'quv dasturi taqdim etiladi.
• Biz axborot tizimlari, shuningdek, dasturiy ilovalar, veb-texnologiyalar, sun'iy ong, ma'lumotlarni tahlil qilish va tarmoqlar bo'yicha fundamental kurslarni o'qitish orqali hozirgi bir-biriga o'ta yuqori darajada bog'langan jamiyat uchun zarur bo'lgan iste'dodlarni shakllantirishni maqsad qilib qo'yganmiz."
Smart Farm (Aqlli qishloq xo’jaligi) kafedrasi
• Aqlli texnologiyalar samaradorlikni oshirish, resurlarni qisqartirish va barqaror ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun, fermerlarga oziq-ovqat mahsulotlarini yanada samarali boshqarishga yordam beradigan ko'plab texnologiyalarni taqdim etishi mumkin.
• Bizning maqsadimiz qishloq xo'jaligi samaradorligini oshirish va yangi qo'shimcha qiymat yaratish uchun aniq qishloq xo'jaligi va aqlli texnologiyalarni talabalarga o'rgatishdir.
Koreyashunoslik kafedrasi
• Koreyashunoslik kafedrasi Koreya ta’lim tizimi asosida kelajak yetakchisi bo'ladigan “K-PPT (Tajribali, Professor, Tarjimonlar)”ni tarbiyalashni maqsad qilgan.
• Talabalar global davrga mos Gumanitar fanlar darslari hamda amaliy va tizimli koreys tiliga oid asosiy darslar orqali maxsus bilimga ega boʻlgan iqtidorli kadrlarga aylanishlari mumkin.
Buхgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
“Buxgalteriya hisobi + raqamli texnologiyalar”
• O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, turli tarmoqlarni rivojlantirish uchun “raqamli texnologiyalar” juda muhim.
• Bizning kafedra buxgalteriya hisobi va raqamli texnologiyalarni birlashtirib tabalarga ikkala soha bo’yicha o’ziga xos ta’lim beradi. “Buxgalteriya hisobi” -korxona tili, hamda “kodlashtirish” kompyuter tilidir.
• Bizning kafedra global tendensiya ergashgan holda IFRS (Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari) da ta’lim beradi.
Ingliz filologiyasi kafedrasi
• Ingliz tili xalqaro muloqot, biznes va ta'lim olamining kalitidir.
• Bizning bo'lim sun'iy intellekt va korpus lingvistikasi kabi raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ingliz tilshunosligi, muloqot, ta'lim va amaliy ingliz tili ko'nikmalari bo'yicha turli ilg'or dasturlarni taklif etadi.
• Bizning maqsadimiz – o‘qituvchilar, tarjimonlar, diplomatlar va xalqaro tashkilotlarni o‘z ichiga olgan texnologiyalar dunyosida innovatsiyalar yarata oladigan va yetakchilik qobiliyatlarini o’zida mujassam qilgan kelajak iste’dodlarini shakillantirishdan iboratdir.
Biz talabalarga bilim beribgina qolmay, balki ijodiy fikrlash, murakkab muammolarni hal qilish va jamoada ishlash qobiliyatini boyitishga yordam beramiz.
Ilmiy yangiliklar va eng so‘nggi tendensiyalardan xabardor tajribali professor-o‘qituvchilar bilan o‘z salohiyatingizni rivojlantiring.