Xalqaro savdo kafedrasi

Okean sari
1. Ta’lim maqsadi
O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi logistika markazi sifatidagi ahamiyati chet el mamlakatlari bilan savdo-sotiq amaliyoti kengayib borayotgani va mamlakatning erkin, ochiq va shaffof raqobatni targ'ib etish falsafasiga e'tibor qaratadigan Jahon Savdo Tashkiloti (JST)ga a’zo bo‘lishi bilan yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy tomondan aholi farovonligining oshishiga quyidagi kabi bir nechta imkoniyatlarni taqdim etadi:
2. O‘quv dasturi
  • Xalqaro savdo va amaliyotga asoslangan savdo, logistika va elektron tijorat kabi sohalarda turli qiziqarli nazariya va amaliyot darslarini taqdim etish

  • Xalqaro savdo va logistika sohasida xalqaro raqobatbardoshlikga kirisha oladigan innovatsion tadbirkor iste'dodlarni yetishtirib chiqarish

  • Jahon iqtisodiyoti va savdosidan yetarli bilimga ega, shuningdek, mantiqiy fikrlash orqali muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega ijodkor shaxslarni yetishtirib chiqarish
3. Xalqaro sertifikatlar va kafedra sertifikatlari
Xalqaro savdo kafedrasi talabalari har o'quv yilida quyidagi xalqaro va kafedra sertifikatlari bo'yicha qo'shimcha tahsil olishlari mumkin:
4. Kafedraning o'ziga xos imtiyozlari
Kafedramiz talabalarga xalqaro savdo va logistika sohasida ta'lim olish faoliyatini yanada qiziqarli o'tkazishlari uchun qator imtiyozlar va sharoitlar taqdim etadi

  • J. Koreya, Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi hamkor universitetlarga talabalarni qisqa muddatli kurslarga yuborish dasturlari.
  • Universitet tomonidan OTM hududida amaliy va kasbiy ta'limni rivojlantirish uchun yuritiladigan faoliyatlar
  • J.Koreyaning OTM larining savdo bilan bog'liq yo'nalishlariga (2+2, 3+1) dasturlari bilan o'qishga yuborish hamda magistraturada o'qishlarini davom ettirishlariga yordam berish
  • Savdo sohasida faoliyat olib boruvchi mahalliy va chet el korxonalarida amaliyot o'tash va hamkor korxonalarga ishga joylashtirishda ko'maklashish
  • Darsdan tashqari tadbirlarda ishtirok etishni ta'minlash
  • Koreys tilidagi bepul o'quv dasturlar
  • Universitetning grant dasturi
  • To'garak dasturlari (E-Biznes, Excellab, Startap)
  • Mahalliy aholiga ko'maklashuvchi turli ijtimoiy xizmatlar
1
5. Asosiy karyera yo'nalishlari
  • Korxonalar: Savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidagi korxonalar

  • Davlat sektori: Savdo uyushmalari, xalqaro savdo bilan bog'liq turli davlat tashkilotlari

  • Bojxona faoliyati: Bojxona xizmati, va bojxona bilan bog'liq boshqa faoliyatlar

  • Magistratura va tadqiqot muassasalari: Nufuzli mahalliy va xalqaro OTMlarda magistratura bosqichida o'qish, xalqaro savdo va mikroiqtisodiyotga yo'naltirilgan milliy tadqiqot markazlarida ishlash
  • Bojxona tariflarining pasaytirilishi aholiga arzon, sifatli tovar va xizmatlarni xarid qilish imkonini beradi. Logistika xarajatlari sezilarli darajada kamayadi.
  • Import qilinadigan xomashyo narxi qancha past bo'lsa, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot narxi shunchalik past bo'ladi.
  • Mamlakatimizdagi ayrim monopolist korxonalarning hukmronlik mavqeiga chek qo'yiladi, erkin bozor muhiti o'rnatiladi.

Bu kabi ijtimoiy va iqtisodiy masalalarga yechim topishda biz samarali logistika tizimi bilan bog'langan xalqaro savdo orqali yangicha uslub va falsafada ishlashimiz kerak. Xalqaro savdo kafedrasi quruqlik portlari va dengiz portlarini bog'laydigan zamonaviy multimodal logistikasi bo'yicha bilimlarni birlashtirib, jahon bozorida raqobatlasha oladigan tadbirkor shaxslar yetkazib beradi. Xalqaro savdo, xalqaro logistika, bundan tashqari xalqaro tranzaktsiyalar, valyuta, moliya, elektron biznes kabi turli fanlar bo'yicha bilim berish orqali kafedramiz xalqaro iqtisodiyotga yo'naltirilgan milliy iqtisodiy taraqqiyot strategiyasi asosini mustahkamlashga xizmat qiladi.
1-kurs
  • Biznes boshqaruvi asoslari
  • Iqtisodiyot asoslari
  • Ijtimoiy fanlar
  • Xorijiy tillar (Boshlang'ich)

2-kurs
  • Xalqaro savdo asoslari
  • Xalqaro logistika asoslari
  • Python dasturlash tili asoslari
  • Ijtimoiy fanlar
  • Xorijiy tillar (O'rta)

3-kurs
  • Savdo bo'yicha ingliz tili
  • Xalqaro savdo shartnomalari
  • Xalqaro savdo o'tkazmalari
  • Xorijiy tillar (Yuqori)


4-kurs
  • Bojxona ishi amaliyoti
  • Xalqaro moliya bozorlari
  • Moliyaviy tahlil
  • O'quv amaliyoti
  • Davlat bitiruv imtihoni
Xalqaro va J.Koreyadagi sertifikatlar
• Savdoda ingliz tili 1-daraja
• Savdoda ingliz tili 2-darajali
• Xalqaro savdo
• Moliyaviy big data tahlilchisi sertifikati
• Distribyutor boshqaruvi sertifikati
• Logistika boshqaruvi sertifikati
• Savdo brokeri sertifikati

Bo'lim sertifikatlari
• Microsoft Excel sertifikati
• 1C buxgalteriya hisobi sertifikati
• Dasturlash asoslari bo'yicha sertifikat
• Tegishli soha bo'yicha boshqa sertifikatlar
5
3
4
2
Biz bilan aloqa
Savollaringiz bormi? Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Shunchaki biz bilan bog'laning va biz sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob beramiz.

Biz sizning murojaatingizni qadrlaymiz va istalgan vaqtda sizga yordam berishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, shahar markazi Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi 24-uy (Yo‘nalish: Delovoy shahar tumani, "Nurafshon Business City")
Qayta aloqa shakli
YT MChJ “HWASHIN KOREA ACADEMY” • STIR 308449977
IFUT 85420 • MFO 00421 • h/r 20214000805384283001
iCORP tomonidan ishlab chiqilgan
© 2023 hku.uz. Barcha huquqlar himoyalangan.