Koreyashunoslik kafedrasida o'z kelajagingizni yarating
1. Ta'lim maqsadi
Hwashin Korea universitetining Koreyashunoslik kafedrasi Koreya universitetlarining ta'lim tizimi asosida global davrga mos K-PPTni tarbiyalaydi: Uar koreys tilini yaxshi tushuna oladigan hamda ommaviy axborot vositalari, biznes, diplomatiya va boshqalar kabi turli sohalarda targ'ib qila oladigan mutaxassislardir.
Koreys tili va madaniyatini aniq va tizimli ravishda oʻrgata oladigan professor-oʻqituvchilar; koreys, oʻzbek, rus va boshqa tillarni tarjima qila oladigan tarjimonlar. Bizning Hwashin Korea universitetining oʻquv dasturi, professor-oʻqituvchilari va universitet imkoniyatlari yordamida biz yuqori koʻnikmaga hamda yetuk shaxsiyatga ega boʻlgan iqtidorli kadrlarni yetishtirishni maqsad qilganmiz.
2. O'quv dasturi
Global tendensiya, gumanitar fan darslari va Koreya tarixi, madaniyati, iqtisodiyoti, koreys tili va boshqalar.
1-kurs
Asosiy gumanitar fanlar + Asosiy chet tillari
Asosiy mutaxassislik fanlari
2-kurs
Asosiy gumanitar fanlar + O'rta daraja chet tillari
O'rta darajadagi mutaxassislik fanlari
3-kurs
Chuqurlashtirilgan asosiy kurslar
4-kurs
Mutaxassislik amaliyoti + Bitiruv imtihoni
Ixtisoslashtirilgan asosiy kurslar
3. Kafedraning o’ziga xos xususiyatlari
Koreys tili va madaniyati bo'yicha tajribali mutaxassislarning ma'ruzalari
Koreys tili ta'limi va Koreya jamiyati hamda madaniyati haqidagi amaliy bilimlarni tizimlashtirish
Koreyashunoslik sohasida yuqori bilimga ega mutaxassislarni yetishtirish
Yuqori malaka va aniqlikka ega og'zaki va yozma tarjimonlarni yetishtirish
Koreys tili o‘qituvchilarini ham donolik, ham yuqori shaxsiyat bilan yetishtirish
Koreya madaniyatiga oid festivallar va akademik taqdimotlarni tashkil etish
Koreys tili va Koreya madaniyatiga oid klublarni tashkillashtirish
Koreya universitetlarining koreyashunoslik bilan bog'liq yo'nalishlariga o'qishni ko'chirish yoki magistraturaga hujjat topshirishga koʻmaklashish
Mahalliy aholiga koreys tili va TOPIK kabi koreys tilini o'rgatish dasturlarini taqdim etish.
4. Asosiy karyera yo’nalishlari
Ta'lim muassasalari (maktablar, ta'lim markazlari, Sejong ta'lim markazi)
Og’zaki va yozma tarjimonlik markazlari
Elchixonalar
Ilmiy-tadqiqot markazlari
Sayyohlik agentliklari
Radiotelevideniyalar
Kompaniyalar
1
2
3
4
Biz bilan aloqa
Savollaringiz bormi? Biz yordam berish uchun shu yerdamiz. Shunchaki biz bilan bog'laning va biz sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga javob beramiz.
Biz sizning murojaatingizni qadrlaymiz va istalgan vaqtda sizga yordam berishga tayyormiz.
Manzil: Toshkent viloyati, Nurafshon shahri, shahar markazi Yangiobod MFY, Yangiobod ko‘chasi 24-uy (Yo‘nalish: Delovoy shahar tumani, "Nurafshon Business City")